AsosiyDunyo

​Moskvada ro`y bergan dovul oqibatida odamlar qurbon bo`ldi

'​Moskvada ro`y bergan dovul oqibatida odamlar qurbon bo`ldi'ning rasmi

29 may kuni Moskva shahrida kuchli dovul ko`tarildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Sekundiga 22 metr tezlikda esgan shamol, 600 dan ortiq daraxtlarni qulatdi, reklama konstruksiyalarini, to`siqlarni, uylarning tomini uchirib ketdi. Dovul oqibatida 13 kishi halok bo`ldi, 140 kishi tan jarohati oldi. Sklifosovskiy nomli ilmiy-tekshirish instituti direktori o`rinbosari Sergey Stolyarov tan jarohati olgan bemorlar soni ko`paygani haqida ma`lumot berdi. Halok bo`lganlarning orasida eng yoshi ulug`i, bemor 86 yoshli, odinsovalik Vitaliy Ilin bo`lib, uning ustiga daraxt qulagan. 3 yoshli ximkilik qizcha olgan tan jarohati oqibatida komaga tushib qolgan. 14 yoshli bolaning bo`yniga devor parchasi tushishi oqibatida, u ham og`ir ahvolda kasalxonaga keltirilgan.

    Boshqa yangiliklar