Savol: Ba`zan Ramazon saharligida uxlab qolamiz. Bunday holatda ro`zaga qanday niyat qilish kerak? Biror narsa eb olish lozimmi? Chunki ulab ro`za tutish, ya`ni saharlik qilmay, ro`za tutish makruh, deyilgan…
Javob: «Ulab ro`za tutish», deyilganda og`iz ochish vaqtida og`iz ochmay, ya`ni kunduzda ham, tunda ham hech narsa emay-ichmay, jimo` qilmay ro`za tutish tushuniladi. Og`iz ochish vaqtida og`zini ochib, taom eb, saharlikka turolmay ro`za tutish «ulab tutish», deyilmaydi. Saharlikka tura olmagan kishi uyg`onganida tong otgan bo`lsa, hech narsa emasligi va ichmasligi kerak. Eb-ichsa, shu kuni ro`za tutmagan bo`ladi. Saharlikka tura olmagan kishi kunning yarmigacha Ramazon ro`zasini Alloh roziligi uchun tutishni ko`nglidan o`tkazsa, ro`za tutishga niyat qilgan bo`ladi. Umuman ro`zaning niyati Alloh roziligi uchun ro`za tutmoqlikni ko`nglidan o`tkazishdir.
“Dinda savolim bor” kitobidan olindi.