AsosiyDunyo

​Kabutar shaklli tufli kiygan ayol ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi (Foto)

'​Kabutar shaklli tufli kiygan ayol ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi (Foto)'ning rasmi

Xiyobonda kabutarlarga non berayotgan ayol ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini o`ziga jalb etdi, deb xabar berdi Onedio.ru nashri.

U oyog`idagi kabutar shaklli tuflisi bilan barchaning diqqatini tortdi.

Bu sirli ayol yaponiyalik poyabzal dizayneri Kioto Oxatodir.

Kioto kabutarlar to`la maydonda sayr qilishni xush ko`radi, u sayr chog`ida kabutarlarni cho`chitib yubormaslikka harakat qiladi.

U kaptarlarni qo`rqitmaslik maqsadida kabutarni eslatuvchi mazkur tufli dizaynini o`ylab topdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ayolning tuflisidan hayratga tushdi va shu zahoti ular ham aynan shunday tufliga ega bo`lishni xohlashdi.

“Afisha Daily” internet nashri kabutar tuflining tayyorlanish texnologiyasini o`rtoqlashdi. Agar ko`rsatilgan rasmlar asosida barcha harakatlarni to`g`ri amalga oshirsangiz, bu yil yozda xiyobonlarda sizdan zamonaviy odam topilmaydi!















Boshqa yangiliklar