Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi Visimsk qo`riqxonasi xodimlari Feropont nomli dongdor ayiqning raqsga tushganini videoga oldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Feropont archazorni xush ko`rgani bois ko`p vaqtini o`sha erda o`tkazadi. Xodimlar nima uchun ayiq aksariyat vaqtini archazorda o`tkazishini bilish uchun daraxtga videokamera o`rnatishdi.
Videokamera suratga olgan kadrlar tomosha qilinganda, Ferapont u erda raqsga tushishi ma`lum bo`ldi. Mazkur voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ayiqning raqsini yuqori baholadi.
Qo`riqxona xodimlari ayiq o`zining bu qilig`i bilan mazkur er unga qarashli ekanligini, xo`jayin o`zi ekanligini bildirmoqchi bo`lgan. Bunday holatda ba`zi bir bo`yi past ayiqlar daraxt ustiga chiqib, er ularniki ekanligini daraxtni silkitgan holda bildirishadi. Natijada boshqa ayiqlar bu erning xo`jayini ulkan ayiq ekan, deb o`ylaydi.
Shu bilan birga, Ferapont daraxtga ishqalanishi orqali ortiqcha junidan xalos bo`ladi. Mutaxassisning fikricha, maymoq bir o`q bilan ikki quyonni urgan: u o`z hududini belgilagan, elkasini qashlagan va bir paytning o`zida raqsga tushgan.