2 iyundan O`zbekistondan Astanaga yangi 451/452 sonli poezd xarakati yo`lga qo`yiladi.
“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJdan xabar berilishicha, yangi qatnov Astanada EXPO-2017 xalqaro ko`rgazmasi tashkil etilishi bilan amalga kiritiladi.
Poezd Samarqanddan soat 03-46 da va Toshkentdan soat 08-20da juma kunlari, Astanadan soat 19-16 shanba kunlari yo`lga chiqadi.
Poezd qatnovi joriy yilning 25 avgustigacha amalga oshiriladi.






