Moskvada bankka bomba qo`yilgani haqida yolg`on xabar bergan “soxta terrorchi” qo`lga olindi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Bu haqda Moskva shahar ichki ishlar idorasi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Kredit tashkilotlarining vakillaridan biri polisiyaga qo`ng`iroq qilib, noma`lum
erkak bankka bomba qo`yilgai haqida ma`lum qilganini bildirdi.
Voqea joyiga etib kelgan polisiya bank binosini sinchkovlik bilan tekshirdi, ammo birorta shubhali buyum topilmadi. Polisiya telefon qilgan odamni qidirib topdi. U poytaxtda yashovchi 36 yoshli erkak bo`lib chiqdi. “Terrorchi” hech qaerga ketmaslik haqida tilxat yozib bergach, qo`yib yuborildi. Erkak “terrorchilik bo`yicha yolg`on xabar berganlikda ayblanib”, unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi.