1

​Mashhurlar bolaligida ishongan yolg`onlar haqida...

Shou-biznes 01.06.2017, 12:46
Teglar: Xonanda, Aktrisa, Aktyor
​Mashhurlar bolaligida ishongan yolg`onlar haqida...

Har bir inson bolaligidan mo``jizaga ishonib yashaydi. Bunga esa kichikligimizdagi taassurotlarimiz, kattalarning aytgan ertaklari sabab. 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlab o`tkazgan so`rovnomamizda esa mashhurlar bolaligida ishongan, ulg`aygach o`ylaganlari shunchaki, o`ylab topilgan yolg`on ekaniga amin bo`lishganini gapirib berishdi.

«ShOHRUXXON BIZNING QARINDOShIMIZ...»

ShIRIN, xonanda: — Bolalagimdan hind aktyori Shohruxxoni juda yaxshi ko`raman. Uning filmlarni tomosha qilib hech zerikmasdim. Mehrim va qiziqishimni bilgan kelinoyim «Shohroxxon bizning qarindoshimiz. Yaqinda O`zbekistonga keladi. Uyga ham chaqiramiz, keyin birgalikda Hindistonga borib, uning uyida mehmon bo`lib qaytamiz» deb aytgan. O`sha payt shunaqa hursand bo`lgandimki... Anchagacha o`zimga kelolmay, hatto tushlarimda ko`rib chiqardim. Balki juda soddaligimdanmi hozir ham rostanam qarindoshimiz bo`lsa-ya, deb o`ylayman.

«SENI TUG`RUQXONADA ALMAShTIRIB QO`YIShGAN»

FARHOD, xonanda: — To`rt qizdan keyin uzoq kutilgan o`g`ilman. Bolaligimda juda qiziquvchan bo`lganman. Onamga «Opalarimdan boshqacharoqman-a» desam, «Ha, seni tug`ruqxonada almashtirib qo`yishgan. Shuning uchun ularga o`xshamaysan» degandi. Qarang, shuncha payt bu gapga ishonib yurgan ekanman. Lekin ich-ichimdan shu oilaning farzandi ekanimni bilardim... O`sha paytdagi soddaligimni o`ylasam kulgim keladi.

«SURATLAR JONLANIShIGA IShONGANMAN»

Shuhrat UMAR, xonanda: — Maktabda o`qib yurgan paytlarim yozgi ta`tilni ammamning uyda o`tkazardim. Hovlining devorlarida turli multfilm va kino qahramonlarining surati solingandi. «Ninza», Bryus Li va sharshara, ayniqsa, haqiqiyga o`xshardi. O`shanda 7 yosh edim, ammavachcham «Kechqurun uxlaganimizda suratlar tirilib, bizni qo`riqlab turishadi» degandi. Uning gapiga ishonib, uch kun hamma uxlaganda ularning jonlanishini kutganman.

«O`QITUVChIM LAQILLATGAN»

Azamat AHROROV, aktyor: — Bolaligimda biroz betartib, tekkanga tegib, tegmaganga tosh otadigan, sho`x yigitcha bo`lganman. Maktabda hamma o`qituvchilar mendan bezor edi. Hozir necha yoshda bo`lganimni eslolmayman, ammo yoshroq o`qituvchilarimdan birining «5» qo`yib beraman degan gapiga aldanib qolganman. Darsida to`polon qilaverganimga «Azamat, darsga kirmasang ham mayli, «5» baho qo`yib beraveraman» degandi. Bolaligimga borib, darsga kirmaganman. Chorak yakunida esa kutilgan «5»ning o`rnida «2» turganini ko`rganimda laqqa tushunimni tushunganman.

«UKOL BILAN QO`RQITIShARDI»

Botir YaMINOVA, xonanda: — Ota-onamning erka va tantiq bolasi bo`lganman. Qaerga borishmasin nuqul ergashaverganman. Oyim doim meni uyda qolishim uchun «Doktorga ketyapmiz, mazam yo`q» derdi. Ukoldan qo`rqishimni yaxshi bilardi-da. Esim kirgunicha onamning bu gapiga chin dildan ishonardim. Keyin bilsam, meni aldab yurishgan ekan (kuladi). Menimcha ko`pchilik ota-onalar farzandlarini shunday aldab turishadi. Qizim sal ulg`aygach, ergashsa men ham ushbu usuldan foydalansam kerak...

«DADAMNING SIRINI BILARDIM...»

RUHShONA: — Kichkinaligimda Qorboboga qattiq ishonardim. Lekin uch yoshimda dadam Qorbobo kiymini kiyib, uyga kelganida shimidan tanib qolganman. Qorbobo, aslida, o`ylab topilgan qahramon ekanini o`shanda tushunib qolganman. Esimda, o`sha haqiqat ayon bo`lgan Yangi yil oqshomida «Oyijon, Qorbobo dadamning shimini kiyib olibdimi?» deb so`ragandim. Onam chalg`itishga harakat qilgan. Keyingi yili kelgan Qorbobo dadamning oyoq kiyimini kiyib ketganini ko`rgach, shubham o`z tasdig`ini topgan. Bu voqeadan so`ng har Yangi yilda qachon dadam Qorbobo bo`lib kelarkin, deb kutib o`tirardim.

«HAMMA MAShHURLAR BUVIMNING BOLASI EDI»

Shodiyora OMONOVA, raqqosa: — Bolaligimda tumanimizdagi stadionga poytaxtdan xonandalar kelib, qo`shiq kuylashardi. Ayrim sabablarga ko`ra borolmay qolsam, buvim «U mening bolam, hozir kuylab bo`lgach, uyimizga kelib senga alohida qo`shiq aytib beradi» deb ovutardi. Men ham ishonib san`atkorlarni haqiqattan kutib o`tirarkanman.

«SUPERMEN» BO`LMOQChI EDIM»

Ma`mur SULTONOV, «Bayon» guruhi a`zosi: — Bolaligimda multqahramonlar haqiqatan ham mavjudligiga ishonardim. Ayniqsa, «Supermen» va «Betmen»ni yaxshi ko`rganman. O`zimcha, agar inson chin dildan ishonsa, o`sha qahramonlarga aylanishi mumkin deb o`ylardim. Hatto, bir marta «sehrli» yopinchig`imga o`ranib, tomdan ham sakraganman. Yiqilganimdan keyingina bu shunchaki yolg`on ekanini tushunganman.

Aliya SULAYMANOVA tayyorladi

Sharhlar

Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

20.11.2019, 14:21

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20...
Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o`ldirib qo`yishiga bir bahya qoldi (video)

05.11.2019, 00:13

“Yolg`izlar”, “Ko`z yoshim”, “Dard” kabi o`n beshdan ziyod filmlari orqali tanilgan aktyor Shavkat Komilov ishtirokida video  tarqaldi...Unda aktyor, portnyori Aziza Yoqubovani chin ma`noda o`ldirib qo`yishiga...
​AKTRISA ASAL ShODIEVA TADBIRKORLIKKA QO`L URDI (FOTO, VIDEO)

21.09.2017, 15:12

Asal Shodievaning Instagramdagi ijtimoiy tarmog`ida o`ziga xos dizayndagi liboslar to`plami aks etgan suratlar paydo bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha, mazkur liboslar aktrisaning g`oyasi bilan yaratilgan bo`lib, Miel...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1