AsosiyDunyo

​Barak va Mishel Obamalar Vashingtondan 8,1 million dollarga uy sotib oldi

'​Barak va Mishel Obamalar Vashingtondan 8,1 million dollarga uy sotib oldi'ning rasmi

Barak va Mishel Obamalar Vashingtonning nufuzli tumanidagi uylardan birini sotib oldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Mazkur uyni ular Barak Obamaning prezidentlik muddati tugagandan keyin ijaraga olishgan edi.

Uyning 9 ta yotoqxonasi va sakkizta vannasi bor. Obamaning vakillari er-xotin hali kenja qizlari o`qishni bitirmaguncha, 2,5 yil mobaynida AQSh poytaxtida yashashlari kerakligi uchun uyni ijaraga olgandan ko`ra, sotib olishni afzal ko`rishganini bildirdi.

Sobiq prezident va uning rafiqasi kenja qizlari Sasha maktabni bitirmaguncha Vashingtonda qolish niyatlari borligini ma`lum qildi. Obama va uning oilasi

AQShning sobiq, 42- prezidenti Bill Klintonning matbuot kotibi bo`lgan Jo Lokxart yashagan uyda istiqomat qilgan. Sobiq prezidentining davlat kotibi Reks Tillerson, AQShning hozirgi prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp, turmush o`rtog`i Jared Kushnerlar Obamaning yon qo`shnilari hisoblanadi.

Boshqa yangiliklar