AsosiyDunyo
6488

​Putin Kremlda yig`lab yuborgan bolani yupata olmadi

'​Putin Kremlda yig`lab yuborgan bolani yupata olmadi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda o`tkazilgan “Roditelskaya slava” ordenini topshirish marosimida yig`lab yuborgan uch yoshli bolani yupata olmadi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

O`n farzandli Strigalevlarning kenjasi tadbirni suratga olayotgan fotosuratchilardan qo`rqqanidan yig`lab yubordi. U onasining oldiga yugurib keldi, bolani onasi ko`tarib oldi. Putin kichkintoyni tinchlantirishga harakat qildi. Ammo bola yig`idan to`xtamadi.

"Rossiyskaya Gazeta" nashrining yozishicha, bola zalda o`tirgandayoq yig`lashni boshlagan. Putin unga “Yig`lama, hammasi joyida! Qarsillatib, gursillatib bolani qo`rqitib yubordik!”, deb bolani tinchlantirishga harakat qildi. Kremlda o`tkazilgan mazkur tadbir 1 iyun, “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag`ishlandi. "Roditelskaya slava" ordeni serfarzand oilalarning ota-onalariga topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar