AsosiyJamiyat

​Chegarani delimitasiya qilish bo`yicha O`zbekiston-Tojikiston muzokaralari bo`lib o`tdi

'​Chegarani delimitasiya qilish bo`yicha O`zbekiston-Tojikiston muzokaralari bo`lib o`tdi'ning rasmi

30 may – 1 iyun kunlari Dushanbe shahrida O`zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Hukumat delegasiyalarining O`zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo`yicha ishchi guruhlari uchrashuvi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning o`zaro manfaatli bo`lgan barcha yo`nalishlardagi hamkorlikni faollashtirish to`g`risidagi topshiriqlari ijrosi doirasida bo`lib o`tgan uchrashuvda Davlat chegarasini kelishilmagan ayrim uchrastkalaridan o`tadigan chegara chizig`ining huquqiy masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko`ra Bayonnoma imzolandi. Muzokaralar konstruktiv va do`stona ruhda o`tdi.

Boshqa yangiliklar