O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investisiya loyihalari ijrosining borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2 iyun kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurdi, deb yozadi O`zA.
Shavkat Mirziyoev 2016 yil 1 noyabr kuni Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko`lamli reja va maqsadlarni bayon qilgan edi.
Davlatimiz rahbari Andijonga tashrifi davomida ana shu rejalar, Harakatlar strategiyasi ijrosi, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.






