AsosiyDunyo

​Hindistondagi “axlatli plyaj”ni tozalash uchun 85 hafta vaqt ketdi

'​Hindistondagi “axlatli plyaj”ni tozalash uchun 85 hafta vaqt ketdi'ning rasmi

Hindistonning Mumbay shahrida joylashgan, axlat to`lib-toshgan plyajni tozalash uchun ko`ngillilar 85 hafta vaqt sarfladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Plyaj umumiy hisobda besh ming tonna chiqindidan tozalandi. Mazkur raqamni hind advokati Afroz Shax (Afroz Shah) taqdim etdi. 33 yoshli advokatning aytishicha, u plyaj hududini qo`shnilari bilan 2015 yilning oktyabr oyidan boshlab tozalay boshlagan. Keyinchalik ularning safiga ko`ngillilar, mahalliy ishchilar, maktab o`quvchilari, hattoki Bollivud yulduzlari ham qo`shilgan. Afroz bundan ikki yil ilgari plyaj yaqinidagi uylardan biriga ko`chib kelgan, u bu erda cho`kib ketish mumkin bo`lgan axlat uyumini ko`rib, tashvishga tushgan. Advokat o`zining mazkur sa`y-harakati uchun 2016 yilda BMT tomonidan “Er chempioni” unvoni bilan taqdirlangan.

Boshqa yangiliklar