1

​Sovuq dush qabul qilish uchun 5 sabab

Salomatlik 03.06.2017, 11:38
Teglar: Salomatlik
​Sovuq dush qabul qilish uchun 5 sabab

1. Qon aylanishi yaxshilanadi

Sovuq dush tanada qon aylanishini tezlashtiradi. Bu yurak-qon tomir tizimi uchun foydali va qon bosimi oshishida, venalarning varikoz kengayishi kabi kasalliklarning oldini olishda yordam berishi mumkin. Miyada qon aylanishining tezlashishi esa uning benuqson ishlashiga xizmat qiladi.

2. Eng yaxshi antidepressant

Adrenalin oshishi va pereferik asab tolalari orqali sodir bo`ladigan ko`p sonli elektr impulslari tushkunlikka qarshi kuchli ta`sir ko`rsatadi. Sovuq ta`sirida simpatik asab tizimi faollashadi va organizmda tushkunlikni yo`qotuvchi noadrenalin deb nomlanadigan kimyoviy modda ajralib chiqishi kuchayadi. Va bu tushkunlikni bartaraf etadi.

3. Teri va sochlarga yaxshi ta`sir ko`rsatadi

Soch sinishining oldini olish va jilolanishi uchun boshni sovuq suvda yuvish kerakligini eshitganmisiz? Issiq suv teri va sochlarni quritib yuboradi, sovuq suv esa egiluvchanlik xususiyatini oshiradi. Shuningdek, bosh terisi tirishishining oldini oladi.

4. Kuch bag`ishlaydi

Sport mashg`ulotlardan so`ng sovuq suvga sho`ng`iydigan yoki muzdek dush qabul qiladigan sportchilar keyingi mashg`ulotlarda yanada yaxshiroq natijalarga erishishlari aniqlangan. Sovuq suv jismoniy zo`riqqan organizmni tez tiklanishi va kuchga to`lishiga yordam beradi.

5. Ruhiy quvvatni oshiradi

Issiq suvni o`chirib sovuq suvda cho`milish yoki muzday daryoga sho`ng`ish jasorat va ruhiy tayyorgarlikni talab qiladi. Tanangizni bunday kutilmagan holatga qanchalik ko`p tushirsangiz, u boshqa o`zgarishlarga ham shunchalik oson ko`nikib boradi. Qisqasi, irodangiz mustahkamlanadi!

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1