Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida g`alati buzoqcha dunyoga keldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Buzoqchaning ko`zi hayvonnikiga, burni va quloqlari odamnikiga o`xshaydi. U tug`ilgandan keyin bir soat yashab, olamdan o`tdi. Anomaliya bilan dunyoga kelgan mazkur buzoqcha haqidagi xabarni mahalliy aholi hind ilohi Vishnu qayta tug`ildi, deb qabul qildi. Diniy ulamolar buzoqchaning jasadini maxsus tobutga solib, mehrobga joylashtirdi. G`aroyib buzoqchaning jasadini tomosha qilish, unga ilohga hadya etiladigan gulchambar va sovg`alarni topshirish maqsadida Hindistonning barcha viloyat va shaharlaridan odamlar oqib kelmoqda.