Litva davlat chegaralarini qo`riqlash xizmati bugundan boshlab, Kaliningrad viloyati chegarasida devor qurish ishlari boshlangani haqida ma`lumot berdi, deb xabar qildi Tvzvezda.ru nashri.
Litva hukumati joriy yilning oxiriga qadar uzunligi 44,6 kilometr bo`lgan devor qurishni ko`zda tutgan.
Devorning ilk ustuniga Shakyay tumanidagi Ramonishkes qishlog`i yaqinida Litva IIV rahbari Eymutis Misyunas tomonidan poydevor qo`yiladi. Rossiya chegarasida qurilishi mo`ljallangan devor Litva hukumati uchun 1 million 335 ming evroga tushdi.
Devorning balandligi ikki metrga yaqin bo`lib, u metall plastinlardan va qo`shimcha uskunalardan tashkil topgan. Qurilish ishlarini joriy yilning 20 dekabriga qadar tugatish rejalashtirildi.
Bundan tashqari, Litva 2020 yilga qadar Belorus davlati bilan chegara hududiga ham devor qurishni ko`zda tutdi.