Avvalroq Rustam Azimov Bosh vazir o`rinbosari lavozimini tark etgani haqida xabar bergandik.
Ma`lum bo`lishicha, Azimov endilikda “O`zbekinvest” eksport-import milliy sug`urta kompaniyasiga rahbarlik qiladi.
Ayni damda kompaniya direktori sifatida Faxritdin Saidahmedov faoliyat yuritmoqda.
Bugun kompaniyaning navbatdan tashqari yig`ilishida kompaniyaning yangi rahbari tanishtirilishi kutilmoqda.






