AsosiyDunyo
8419

​Tatarstonda o`qituvchi dars paytida o`quvchilar bilan mushtlashdi (Video)

'​Tatarstonda o`qituvchi dars paytida o`quvchilar bilan mushtlashdi (Video)'ning rasmi

Tatarstonlik o`qituvchi dars paytida o`quvchilar bilan mushtlashdi, deb xabar berdi, Tvzvezda.ru nashri.

O`quvchilardan biri o`qituvchini xaqorat qilib, unga zarba berayotgan sinfdoshini videoga oldi. Shundan keyin o`qituvchi hujum qilgan bolani polga irg`itgan.

Voqea Tatarstonning Sabin tumanidagi maktablardan birida, texnologiya darsida ro`y berdi. Mazkur voqea aks etgan videoni o`quvchilardan biri ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Ko`ngilsiz hodisa aks etgan videorolik mahalliy prokuratura diqqatini o`ziga tortdi va oqibatda o`qituvchi Munir Zaripov ishdan bo`shatildi.

Munir Zaripovning aytishicha, u hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda ishdan bo`shatilgan. O`qituvchi maktab direktoridan xafa emasligini, u prokuratura va tuman xalq ta`limi tomonidan o`tkazilgan bosim tufayli ish ko`rganligini ma`lum qildi.

“Ishdan bo`shatilishimni noqonuniy, deb hisoblayman. Haligacha ishdan bo`shatilganim haqida xalq ta`limi bo`limi va prokuraturadan hech qanday ma`lumot ololganim yo`q. Prokuraturada tanishish uchun tergov hujjatlarini taqdim etishdi”, dedi Munir Zaripov.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar