1

​Sevinch Mo`minova Sharof Muqimov bilan oilasi buzilishi sabablarini ma`lum qildi

Shou-biznes 06.06.2017, 16:46
Teglar: Xonanda, ​Sevinch Mo`minova
​Sevinch Mo`minova Sharof Muqimov bilan oilasi buzilishi sabablarini ma`lum qildi

Sevinch Mo`minova turmush o`rtog`i Sharof Muqimov bilan qonuniy tarzda ajrashaganini ma`lum qildi, bu haqda u «Shok.uz» nashriga bergan intervyusida aytib o`tdi.

“Daryo” nashrining yozishicha, 5 iyun kuni olingan intervyuda xonanda ertasi kuni, ya`ni 6 iyunda ajrim bo`yicha sud bo`lib o`tishini qayd etgan.

Boshlovchining: «O`zi birgalikda qancha vaqt yashagansizlar?» — degan savoliga javoban, Sevinch to`ydan so`ng besh oy davomida qaynona-qaynotasi bilan bitta uyda yashashganini, so`ng aytishni joiz deb topmagan «ma`lum bir sabablarga ko`ra» turmush o`rtog`i bilan alohida uyga ko`chib o`tganini gapirib berdi. «Shu vaqtdan e`tiboran oilamiz buzilishni boshladi, chunki Sharof bir kun men bilan yashasa, bir kun ota-onasi bilan yashardi», — deya xonanda «dinda ham er-xotinning alohida yashashi qoralanishi»ni ta`kidladi.

«Bora-bora bir kun ikki kunga, uch kunga, bir oyga… aylandi, shu tariqa, biz haqiqiy oila bo`lmay qoldik, er-xotinligimiz faqat qog`ozda qoldi», — deya Sevinch Sharof bilan turmushi buzilishiga uning ota-onasi sababchi bo`lganiga ishora qildi.

«Nima deb o`ylaysiz, bunda sizning ham aybingiz bormi?» — deya berilgan savolga qo`shiqchi: «Men kelinlik vazifasini ortig`i bilan bajarganman», — dedi va buni Sharof ham «agar vijdoni u uchun birinchi o`rinda bo`lsa», tasdiqlay olishi mumkinligini ta`kidladi. Xonanda «Bu artist, san`atkor, undan kelin ham chiqmas ekan, xotin ham chiqmas ekan», — degan gapni eshitishdan qo`rqqani uchun «jonini jabborga berib, kelinlik vazifasini o`tashga harakat qilgani»ni aytdi.

U qaynonasiga biror marta gap qaytarmagani, hatto yuziga tik boqmaganini, uydagi ishlarni a`lo darajada bajarganini qayd etdi.

Shu bilan birga, Sevinch Sharof Muqimovga nisbatan ginasini yo`qligini, uni farzandining otasi sifatida hurmat qilishini aytdi. «Boshimdan o`tkazgan azoblarim bir yon, lekin nima bo`lgandayam, u qizimning otasi», — dedi u.

Sharhlar

Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
Sevinch Mo`minovaning qizi tug`ilgan kunini ajoyib tarzda nishonladi (foto)

20.09.2018, 15:52

Sevinch Mo`minova va Sharof Muqimovning qizi Leyla 7 yoshga to`ldi. Mashhur ona, qizining tug`ilgan kunini maktabda nishonlab bermoqda. Xonanda bu unutilmas kun qanday o`tayotganini instagram...
Sevinch Mo`minovaning ukasi uylandi (foto+video)

23.04.2018, 17:11

Yana bir mashhur xonandaning xonadonida to`y marosimi bo`lib o`tdi. Bir necha kun oldin Sevinch Mo`minovaning ukasi Kamron uylandi. Kelinning ismi Dilshoda bo`lib, to`yda san`at olamining...
​ FARRUH ZOKIROVDAN TANQID EShITGAN VA TOHIR SODIQOV DUET KUYLAShDAN BOSh TORTGAN UMIDAXON

11.08.2017, 16:04

"Darakchi" gazetasidagi "10 qaltis savol" loyihasining galdagi mehmoni professionalmusiqiy bilimga ega xonanda UMIDAXON... 1 — “Umr o`tar”, “Yulduzimsan”, “Sendadur ko`nglim” va “Yo`limdan qoch”, “Serial”, “Safsata”...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1