AsosiyJamiyat

Xalq banki pensiya bo`yicha “Ishonch telefoni”ni ishga tushirdi

'Xalq banki pensiya bo`yicha “Ishonch telefoni”ni ishga tushirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 martdagi “Pensiya va nafaqalarni to`lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq, Xalq banki respublika bo`yicha pensiya va nafaqalarni to`lash bo`yicha yagona vakolatli bankka aylandi.

Xalq banki axborot xizmati muhim bir yangilikni ma`lum qildi. Pensiya mablag`larini tarqatilishi jarayonida yuzaga keladigan muammo va shikoyatlarni o`z vaqtida bartaraf etish yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish bo`yicha “1106” qisqa raqamli “ishonch telefoni” tashkil etildi.

Endilikda pensionerlar o`z pullarini olishda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan har qanday muammo yuzasidan ushbu qisqa raqamlar orqali murojaat qilishlari mumkin bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Xalq banki tomonidan pensiya va nafaqalar pensionerlarning o`zlari istiqomat qiladigan mahalla hududidagi maxsus xonalarda naqd pul shaklida tarqatib kelinmoqda. Xalq banki sayyor kassalari tomonidan mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar va nafaqalarni maxsus kassalardan olish imkoniyatiga ega bo`lmagan shaxslarga, betob kishilarning uylariga borib tarqatilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar