AsosiyDunyo
4618

​Kanadalik erkak quturgan tornadoni sezmay qoldi

'​Kanadalik erkak quturgan tornadoni sezmay qoldi'ning rasmi

Alberta viloyatida yashovchi Teonis Vessels (Theunis Wessels) orqasidan kelayotgan quturgan tornadoga e`tibor bermagan holda hovlisining o`tini o`rdi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Mazkur holat aks etgan suratni uning rafiqasi Sesiliya Feysbuk sahifasiga joylashtirdi.

Erkak dam olish kuni ob-havo yomon bo`lishiga qaramay, uy yumushlarini bajarish bilan shug`ullangan. Teonis rafiqasi va qizi bilan Janubiy Afrikadan Kanadaga ko`chib kelgan, u ilk marotaba tornadoni ko`rdi. Teonis Vessels tornado suratdagidan uzoqda bo`lganligini ta`kidladi. U tornado bo`layotganiga qaramay, hovlidagi o`tni o`rib tugatmasdan uyga kirmadi. “Men tornado qaysi tarafga qarab harakatlanishi mumkinligini kuzatdim”, dedi Teonis.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar