AsosiyDunyo
4127

​Moskvada metro relsiga yiqilgan erkak tirik qoldi

'​Moskvada metro relsiga yiqilgan erkak tirik qoldi'ning rasmi

Seshanba kuni ertalab Moskva metrosining qizil tarmog`ida relsga yo`lovchi yiqilgani sababli poezdlar harakati to`xtatildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Voqea Sokolniki liniyasining “Vorobyov gor” bekatida ro`y berdi. Relsga yiqilgan yo`lovchi erkak tirik qoldi. Hodisa oqibatida poezdlar harakati to`xtatildi. Vaziyatga oydinlik kiritilmoqda.

Moskva metropoliteni o`zining rasmiy Twitter sahifasida mazkur hodisani tasdiqladi. Oradan 10 daqiqa o`tgach, poezdlar harakati yo`lga qo`yildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar