AsosiyDunyo

​Chitalik o`smirlar ko`chadan topib olingan konfet oqibatida zaharlandi

'​Chitalik o`smirlar ko`chadan topib olingan konfet oqibatida zaharlandi'ning rasmi

Rossiyaning Chita shahrida yashovchi besh nafar voyaga etmagan o`smir noma`lum moddadan o`tkir zaharlanib, kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

O`lka kasalxonasiga avvaliga uch nafar o`smir zaharlanish alomatlari bilan keltirildi. Ulardan biri 14 yoshli o`smir ayni paytda og`ir ahvolda, ularning hammasi jonlantirish bo`limiga yotqizildi. Birozdan keyin yana ikki nafar bola zaharlanish alomatlari bilan kasalxonaga olib kelingan.

Jabrlangan o`smirlarning yoshi 12 yoshdan 17 yoshgacha bo`lib, ulardan biri 12 yoshli qizdir. Tergov jarayonida bolalardan biri ko`chadan topib olgan “Beshenaya pchyolka” nomli konfet bilan o`rtoqlarini mehmon qilgani ma`lum bo`ldi. Bolalar konfetni iste`mol qilgandan keyin o`zlarini yomon his qila boshlagan. Tekshiruvlar natijasida bolalar noma`lum og`udan zaharlangani aniqlandi. Mazkur hudud savdo do`konlarida “Beshenaya pchyolka” konfetlari sotilmagan va bo`lmagan.

    Boshqa yangiliklar