JCh–2018 turniriga Evropa mintaqasidan saralash bosqichi 6-turida Shvesiya terma jamoasi o`z maydonida Fransiyaga qarshi bahs olib bordi.
Ancha qiziqarli va kurashlarga boy kechgan o`yinda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi. O`yin yakunida Fransiya termasi posboni Ugo Loris qo`pol xatoga yo`l qo`ydi va shvesiyaliklar bundan unumli foydalandi.
Shvesiya – Fransiya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 37 Jiru, 1:1 – 43 Durmaz, 2:1 – 90 Toyvonen.
Shvesiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Durmaz (Klasson, 77), Yuxansson, Ekdal (Larsson, 77), Forsberg, Berg (Gvidetti, 89), Toyvonen.
Fransiya – Loris, Koselni, Mendi, Sidibe, Varan, Matyuidi, Pogba, Payet (Lemar, 76), Sissoko, Grizmann (Mbappe, 76), Jiru.
Ogohlantirish: Pogba (65).