AsosiyDunyo

​Rossiya Davlat dumasida o`lim jazosini qaytarish haqida taklif bildirildi

'​Rossiya Davlat dumasida o`lim jazosini qaytarish haqida taklif bildirildi'ning rasmi

Rossiya davlat dumasining xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi rahbari Vasiliy Peskarev terrorchilarga nisbatan o`lim jazosini qo`llash taklifi bilan chiqdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru.

Deputatning fikricha, Evropa ham terrorchilarga nisbatan o`lim jazosini qo`llash to`g`riligini anglab etmoqda.

“Mening fikrimcha, ertami, kechmi bunday shaxslarga nisbatan keskin choralar ko`rish payti kelganligini hamma tushunadi. Vaqti kelib, Evropa ham terrorizm tufayli jazo muddatini o`tayotganlarga nisbatan shunday hukm chiqaradi”, deb o`z fikriga izoh berdi Piskarev.

U teraktlar tufayli yaqinlarini yo`qotgan insonlar bilan suhbatlashgandan keyin shunday qarorga kelganligini ma`lum qildi. Piskarev mazkur tashabbusni ekspertlar, shu jumladan advokatlar bilan muhokama qilishini bildirdi.

Eslatib o`tamiz, 1997 yilda Rossiya Evropa Ittifoqiga kirgani bois, mamlakatda o`lim jazosi bekor qilingan edi.

Boshqa yangiliklar