Ijtimoiy tarmoqlarda Primorya o`lkasidan bo`lgan o`smir bolaning layk uchun kanalizasiya kollektorini portlatgani aks etgan videorolik polisiya xodimlarining e`tiborini tortdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Videoda o`smir bola kanalizasiya qudug`iga yonilg`i solingan shishani irg`itgani va portlash yuz bergani aks etgan. Kuchli portlash oqibatida nafaqat kommunikasiya, balki yo`l qatlami ham ishdan chiqqan. Videorolik qahramoni esa mo``jiza tufayli tirik qolganini o`zi ham anglamagan. Yaqin kunlarda u o`zining mazkur harakatlari uchun polisiya xodimlari oldida javob beradi. Bola ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan videorolikning tagiga ko`proq “layk” to`plash, ijtmoiy tarmoq foydalanuvchilarining e`tiborini tortish uchun kanalizasiya qudug`ini portlatganligi haqida izoh qoldirgan.






