AQShning Florida shtatidagi Orlando shahrida uzunligi uch metr bo`lgan alligator samolyot bilan to`qnashdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Voqea Orlando Executive aeroportida ro`y berdi. Bu haqda mahalliy uchuvchi Bred Pirs o`zining Facebook sahifasida xabar qoldirdi. Kichik samolyot aeroportga qo`nayotganda uchish-qo`nish yo`lagiga chiqib qolgan alligator sakrab, samolyotning qanotiga urildi. Alligator voqea joyida halok bo`ldi. Samolyotning qanoti shikastlandi.
“Shuncha yildan beri aviasiyada ishlaganimga qaramay, ilk marotaba bunday axmoqona holatga guvoh bo`lib turibman. Floridaga xush kelibsiz!”, deb yozdi Pirs.