AsosiySport
3134

“Chelsi” Xames Rodriges uchun kurashda favorit bo`lib turibdi

'“Chelsi” Xames Rodriges uchun kurashda favorit bo`lib turibdi 'ning rasmi

Londonning “Chelsi” jamoasi “Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges uchun kurashda favoritga aylandi. Bu haqda AS nashri ma`lum qildi.

Ma`lum bo`lishicha, “Chelsi” ustozi Antonio Konte kelayotgan mavsumda EChLda ishtirok etishi bois tarkibni kuchaytirmoqchi. Italiyalik mutaxassis Sesk Fabregasdan voz kechib, o`rniga aynan kolumbiyalik futbolchini olib kelmoqchi.

Bundan tashqari, londonliklar “Real”ning yana bir a`zosi, “MYu” da`vogarlik qilayotgan Alvaro Morata uchun ham kurashishda davom etmoqda.

Madrid klubi Xamesni 70–80 mln evroga sotishga tayyor. O`z navbatida “Real” olingan daromadni “Monako” iqtidori Kilian Mbappening xaridiga sarflamoqchi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar