AsosiyDunyo

​Jinoyatchi ekskavator yordamida bankomatni o`marmoqchi bo`ldi (Video)

'​Jinoyatchi ekskavator yordamida bankomatni o`marmoqchi bo`ldi (Video)'ning rasmi

AQShning Merilend shtatidagi kuzatuv kameralari og`ir qurilish ekskavatori yordamida bankomatni o`marmoqchi bo`lgan jinoyatchining harakatlarini videoga oldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Mazkur voqea aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Nashrning xabar berishicha, jinoyatchi ekskavatorni o`g`irlab, Forestvill shahridagi Amerika Banki tomon yo`l olgan. U ekskavator cho`michi bilan bankomatni buzishga harakat qilganiga qaramay, o`z niyatiga eta olmagan.

Mahalliy polisiyaning ma`lumot berishicha, bu o`g`irlikning o`ziga xos usuli ekan. Ayni paytda huquq-tartibot idorasi xodimlari videoda yuzi aniq ko`ringan omadsiz o`g`rini qidirmoqda.


Boshqa yangiliklar