Kanadalik rassom Serj Belu hech kimning xayoliga kelmagan ishga qo`l urdi, deb xabar berdi Readme.group nashri.
O`ylagan g`oyasini amalga oshirish uchun Serjga 6600 dona stakan, 16 000 litr yomg`ir suvi va bo`yoq, 62 soatlik g`ayrat bilan qilingan mehnat zarur bo`ldi. Mazkur durdona asar shunchaki yaratilgani yo`q. U bu bilan so`ngi paytlardagi eng dolzarb muammolardan biri bo`lgan ichimlik suvining kamayib ketayotganligidan insoniyatni ogohlantirmoqchi bo`ldi. Serj Belu o`ylagan ishining uddasidan chiqdi. Rassom ichimlik suvi nafaqat insoniyatga, hattoki ona qornidagi homilaga ham zarurligini ko`rsatib bera oldi.






