AsosiySport

Neymar - dunyoning eng qimmat futbolchisi, Ronaldu esa kuchli o`nlikka ham kiritilmadi

'Neymar - dunyoning eng qimmat futbolchisi, Ronaldu esa kuchli o`nlikka ham kiritilmadi'ning rasmi

CIES Football Observatory tadqiqotlik markazi dunyoning eng qimmatbaho futbolchilari reytingini tuzib chiqdi, deya xabar beradi Sports.uz nashri.

Aytish kerakki, ushbu reyting quyidagi faktorlarni hisobga olgan holda tuzib chiqilgan: futbolchining ayni damdagi shartnoma muddati, uning qaysi jamoada to`p surishi, uning individual o`yini, yoshi, maydondagi pozisiyasi va qaysi terma jamoa a`zosi ekanligi.

Ushbu ro`yxatga TOP-5 chempionatlarida faoliyat olib boruvchi 110ta futbolchi kiritilgan. Quyida ushbu reytingning dastlabki 15 pog`onasidan joy olgan futbolchilar bilan tinishib chiqishingiz mumkin:

1. Neymar – 210,7 million evro (25 yosh, «Barselona», shartnomasi 2021 yilgacha)

2. Dele Alli – 155,1 mln (22 yosh, «Tottenxem», 2022 yilgacha)

3. Xarri Keyn – 153,6 mln (23 yosh, «Tottenxem», 2022 yilgacha)

4. Lionel Messi – 151,7 mln (29 yosh, «Barselona», 2018 yilgacha)

5. Antuan Grizmann – 150,3 mln (25 yosh, «Atletiko», 2021 yilgacha)

6. Luis Suares – 140,8 mln (30 yosh, «Barselona», 2021 yilgacha)

7. Pol Pogba – 134,3 mln (24 yosh, «Manchester Yunayted», 2021 yilgacha)

8. Gonsalo Iguain – 120,2 mln (29 yosh, «Yuventus», 2021 yilgacha)

9. Eden Azar – 117,2 mln (26 yosh, «Chelsi», 2020 yilgacha)

10. Paulo Dibala – 115,3 mln (23 yosh, «Yuventus», 2022 yilgacha)

11. Krishtianu Ronaldu – 112,4 mln (32 yosh, «Real», 2021 yilgacha)

12. Kevin de Bryuyne – 110,5 mln (25 yosh, «Manchester Siti», 2021 yilgacha)

13. Romelu Lukaku – 105,4 mln (24 yosh, «Everton», 2019 yilgacha)

14. Robert Levandovski – 100,6 mln (28 yosh, «Bavariya», 2021 yilgacha)

15. Raxim Sterling – 98,8 mln (22 yosh, «Manchester Siti», 2020 yilgacha)

Boshqa yangiliklar