Bangladeshning janubi-sharqiy qismida joylashgan Chittagong shahridagi ko`chki oqibatida halok bo`lgan soni 60 tadan ortdi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, qidiruv-qutqaruv ishlari hali tugallanmagan, shuning uchun halok bo`lganlar soni yana ortishi mumkin. Mamlakatga may oyining oxirida “Mora” sikloni yopirilishi oqibatida yog`ingarchilik kuchaygan.






