1

​sinashta amallar dardingizga malham

Salomatlik 15.06.2017, 10:09
Teglar: Salomatlik
​sinashta amallar dardingizga malham

ANGINA VA FARINGIT BEZOVTA QILSA

– Tomoqni yangi chiqarilgan kartoshka suvi bilan chayqang yoki kartoshkani qaynatib, bug`idan nafas oling.

– Sarimsoqni tozalab, mayda to`g`rang va yarim stakanini sirli idishga solib, ustidan asal quying. Asal sarimsoqni qoplashi kerak. Keyin idishni 20 daqiqana pastroq olovga qo`ying, muntazam aralashtirib turish kerak. Biroz sovigach, yana olovga qo`yasiz, qiyom kuyib ketmasligi uchun aralashtirib turing, unga ozroq suv qo`shsangiz bo`ladi. Bu qiyom yo`tal qiynaganda, laringit, tonzillit va faringitda foydali. Bolalarga tuzalguncha 1 choy qoshiqdan, kattalarga esa 1 osh qoshiqdan har soatda berish mumkin.

– Tomoq kasalliklarining oldini olish uchun tomoqni kuniga bir necha marta sabzi suvi bilan chayqab turing: yarim stakan yangi sabzi suviga 1 osh qoshiq asal aralashtiriladi.

– Angina, shuningdek, shamollash va grippning birinchi belgilari paydo bo`lishi bilan 2-3 bo`lak sarimsoqni qirg`ichdan o`tkazib, 1 stakan yangi sabzi suviga aralashtiring. 3 kun davomida kuniga 2 mahal, ovqatlanishdan 40 daqiqa oldin ichiladi.

Oshqozon osti bezi yordamga chorlaganda...

Pankreatit surunkali turga o`tgan bo`lsa, kasallikni davolash va to`qimalarning tiklanishini qo`llab-quvvatlash uchun dalachoy, momoqaymoq ildizidan; yallig`lanishga qarshi kurashishda moychechak, dalachoy, bo`ymodarondan; hazm jarayonini yaxshilash maqsadida bargizub, aloy, qora andizdan foydalanish mumkin.

Ushbu dorivor o`simliklar oshqozon osti bezi yallig`lanishini davolabgina qolmay, o`t pufagi ishini yaxshilaydi, jigarni zararli moddalardan tozalaydi.

Oshqozon osti bezi ishini yaxshilamoqchi bo`lsangiz, quyidagi muolajalardan fodalanishingiz mumkin:

— 1 osh qoshiq maydalangan igir (air) ildizini 1 stakan qaynoq suvga solib, termosda 8-10 soat damlaysiz. Suzib, kuniga 2 mahal, ovqatlanishdan oldin 1 choy qoshiqdan ichasiz. Muolaja muddati – 3 hafta.

— 1 choy qoshiq tillabosh (zolototsyachnik)ni 1 stakan qaynoq suvga solib, yarim soat damlanadi. Kuniga 3 mahal, ovqatlanishdan yarim soat oldin stakanning uchdan bir miqdoricha ichiladi. Muolaja muddati – 2 hafta.

— Kichikroq termosga 300 ml qaynagan suv quyib, ichiga 10 dona lavr bargi solinadi. Aralashtirib, bir sutka damlab qo`ying. Kuniga 3 mahal, ovqatlanishdan oldin 50 ml.dan ichiladi. Muolaja muddati – 2-3 hafta.

Eslatma

Uy sharoitida biror muolajani qo`llashdan avval shifokor bilan maslahatlashishni unutmang!

Internet materiallari asosida Sevara Nishonova tayyorladi

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1