Bosqinchilik tufayli qamoqqa olingan 23 yoshli ozarbayjonlik Saida Kerimova qisqa muddatlarda Aznet ijtimoiy tarmoqlarining “yulduzi”ga aylandi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari unga “Boku jinoyatchilik olami go`zali” nomini berishdi. Fotosuratdagi go`zal qizning birga yashagan yigit bilan bosqinchilik jinoyatini amalga oshirganiga ishonish qiyin. Endi esa Saida Kerimovaning kelgusi taqdirini sud hal qiladi. Ammo jazo muddatini o`tagandan keyin Saida dunyoning eng go`zal jinoyatchisi bo`lgan Jeremi Miksning taqdirini takrorlashi, qamoqxona kamerasidan to`g`ri podiumga yo`l olib, moda jurnalining modeliga aylanishi mumkin.