O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqibi –Janubiy Koreya bosh murabbiyi Uli Shtilike iste`foga chiqarildi.
Germaniyalik mutaxassis qariyb 3 yillik faoliyatdan so`ng Janubiy Koreya terma jamoasini tark etdi. Janubiy Koreya termasi JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida safarda Qatar termasidan 2:3 hisobida engildi. Aynan mana shu o`yindan keyin murabbiyni o`z lavozimidan ozod qilishga qaror qilindi.
Janubiy Koreya termasi JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan keyin 13 ochko bilan ikkinchi o`rinda bormoqda. O`zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o`rida bormoqda.
Qayd etish kerakki, O`zbekiston termasi saralash bosqichining so`nggi – 10-turida Janubiy Koreyani Toshkentda qabul qiladi.






