AsosiyDunyo

Xitoydagi bolalar bog`chasi yonidagi portlash sabablari tahmin qilindi

'Xitoydagi bolalar bog`chasi yonidagi portlash sabablari tahmin qilindi'ning rasmi

Xitoyda bolalar bog`chasi yonidagi portlash oqibatida 9 kishi halok bo`ldi, 60 kishi yaralandi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Xitoyning Szyansu viloyatidagi Fensyan shahridagi bolalar bog`chasi ota-onalar farzandlarini olib ketadigan paytda portladi. Portlash vaqtida bolalar bog`cha binosidan chiqayotgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyi aks etgan suratlar paydo bo`ldi, ularda ayollar va bolalarni ko`rish mumkin. Ba`zi yaradorlarning ahvoli o`ta og`ir darajada, deb baholanmoqda.

Fojia sabablari o`rganilmoqda, gaz chiqishi oqibatida portlash ro`y bergan, degan taxmin ilgari surildi.

Boshqa yangiliklar