AsosiyDunyo
3748

​Londonda yuz bergan yong`in oqibatida 65 kishi bedarak yo`qoldi

'​Londonda yuz bergan yong`in oqibatida 65 kishi bedarak yo`qoldi'ning rasmi

Sun gazetasi juma kuni bedarak yo`qolgan bo`lishi mumkin bo`lgan yohud yong`in oqibatida halok bo`lgan 65 kishining ro`yxatini e`lon qildi.

Ro`yxatda odamlarning ismlari va ularning uylar joylashgan qavatlar ko`rsatilgan. Ro`yxatda 11 hamda 14 dan 23 qavatgacha yashagan odamlar bedarak yo`qolgan. Yana to`rt kishining uylarining qavati noma`lum.

Eslatib o`tamiz, chorshanbaga o`tar kechasi London g`arbida 24-qavatli binoda yong`in sodir bo`lgandi. Kamida 17 kishi halok bo`ldi, 79 nafar jabrlanganlar kasalxonada, ulardan 17 nafarining ahvoli og`ir.

O`t o`chiruvchilarning ma`lumotlariga ko`ra, 120 oila yong`in oqibatida jabrlangan bo`lishi mumkin, evakuasiya qilingan odamlar vaqtincha jamoat markazlari, masjid va cherkovlarga joylashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar