AQSh prezidenti Donald Tramp 2016 yil uchun moliyaviy hisobotini taqdim qildi. 98 sahifalik hujjat hukumat huzuridagi axloq masalalari bo`yicha byuro saytida chop etildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Mazkur hujjatga ko`ra, Tramp o`tgan yil golf-klublaridan 298 mln dollar daromad olgan. U, shuningdek, Floridadagi "Mar-a-Lago" kurortidan 37,2 mln dollar ishlab topgan. Shuningdek, Tramp o`tgan yili Vashingtonda ochilgan Trump Hotel mehmonxonasidan 19,7 mln dollar foyda ko`rgan.
Hisobotda Tramp prezident lavozimiga kirishishidan oldin rahbarlik lavozimlarini tark etgan 565 ta kompaniya nomi keltirib o`tilgan.
Hisobotga ko`ra, Trampning qarzi 315 million dollarni tashkil qiladi.
Oq uyda ta`kidlanishicha, hisobot ko`ngilli tarzda taqdim qilingan, vaholanki Tramp buni 2018 yil may oyigacha qilmaslik huquqiga ega.