AsosiyJamiyat

​GlobUzCard’ga texnik ma`lumotlar taqdim qilinishi UZCARD tizimini xatarga qo`yadi

'​GlobUzCard’ga texnik ma`lumotlar taqdim qilinishi UZCARD tizimini xatarga qo`yadi'ning rasmi

2014 yil fevraldan buyon muntazam ravishda matbuotda O`zbekistonda xalqaro to`lov tizimlari bilan integrasiyaga kirishadigan va mavjud UZCARD to`lov tizimi bilan raqobatga kirishadigan yangi, universal to`lov tizimi – GlobUzCard yaratilishi haqida ma`lumotlar ko`zga tashlanib keladi.

GlobUz.uz saytidagi ma`lumotga ko`ra, tizim “Bank plastik kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish va uyg`unlashtirish, xalqaro plastik kartalar standartlari, qoidalari va tartibotlari asosida ilg`or yutuqlarni joriy qilish, yagona va unifikasiyalangan infratuzilmani shakllantirish, bank plastik kartalarining fiunksional imkoniyatlarini kengaytirish, ilg`or texnologik echimlarni joriy qilish va chakana to`lovlar jarayonini arzonlashtirish maqsadida” yaratilmoqda.

Biroq, “xalqaro plastik kartalar standartlari, qoidalari va tartibotlari asosida ilg`or yutuqlarni joriy qilish” o`rniga yangi turdagi kartalarni qabul qilish uchun UZCARD tarmog`idan foydalanish masalasi bot-bot ko`tarilmoqda. Shu tariqa, GlobUzCard tizimi potensial raqobatchisi – UZCARD tizimi resurslaridan foydalangan holda o`z ishini boshlamoqchi bo`lyapti.

Jumladan, GlobUzCard tomonidan 2017 yil 14 iyunda yuborilgan xatda UZCARD tizimining konfidensial mazmunga ega bo`lgan texnik ma`lumotlarini ularga taqdim qilinishi masalasi haqida so`z yuritilgan. Ma`lum qilinishicha, bu ikki tizimning o`zaro birgalikda faoliyat olib borishini ta`minlash uchun “yuklatilgan vazifaning ehtimoliy echimlari variantlarini yanada mukammal ishlab chiqish va baho berish”ga mo`ljallangan.

UZCARD tizimidan GlobUzCard tizimiga texnik ma`lumotlarni taqdim qilinishi mumkin emasligini anglash qiyin emas, chunki:

so`ralayotgan texnik ma`lumotlar konfidensial mazmunga ega bo`lib, ularni uchinchi tomonga taqdim qilinishi axborot xavfsizligi standartlariga zid hisoblanadi va butunlay “UZCARD” to`lov tizimini xatarga qo`yadi;

bunday texnik ma`lumotni taqdim etish uchun dastlabki huquqiy va tijorat mazmunidagi asoslov talab qilinadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar