AsosiyDunyo

​Meksikalik fermer shirakayf holda cho`chqa bilan jang qilib, halok bo`ldi

'​Meksikalik fermer shirakayf holda cho`chqa bilan jang qilib, halok bo`ldi'ning rasmi

Meksikaning Oaxaka shtatidagi San-Lukas shahrida yashovchi fermer shirakayf holda o`zining cho`chqasi bilan jang qilib, halok bo`ldi, deb yozdi Lenta.ru nashri.

60 yoshli fermer — Migel Anaya Pablo (Miguel Anaya Pablo) uyiga mast holda kelib, cho`chqalaridan biriga tashlandi. O`zini himoya qilgan cho`chqa egasini qulatib, qornini va o`ng qo`lining uch barmog`ini tishlab oldi. Fermer qo`shni San-Xuan-Bautista-Tustepek shahridagi kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar unga tibbiy yordam ko`rsatganiga qaramay, cho`chqa tishlashi natijasida tushgan infeksiya tufayli oradan bir necha kun o`tgach, Migel Anaya Pablo olamdan o`tdi. Fermerning o`limi yuzasidan qo`shimcha ekspertiza tayinlandi.

Boshqa yangiliklar