AsosiyDunyo

​2016 yilda 65,6 mln. kishi o`z uyini tashlab ketgan

'​2016 yilda 65,6 mln. kishi o`z uyini tashlab ketgan'ning rasmi

O`tgan yili butun dunyoda 65.6 milliondan ortiq kishi nizo va ta`qiblar oqibatida uyini tashlab ketgan. Ushbu ma`lumotlarni qochoqlar ishi bo`yicha BMTning oliy vakili taqdim etdi. Bu esa aytaylik, Buyuk Britaniya aholisidan ham ko`p.

Agar 2015 yil bilan taqqoslaydigan bo`lsak, ko`chmanchilar soni 300 mingga ko`paygan. Ushbu raqam ichiga 22,5 million qochoq va 40,3 million mamlakat ichida ko`chmanchilikka majbur bo`lganlar va 2,8 millioni qochoq maqomini so`rovchilar. Shu bilan birga qochoqlarning yarmidan ko`pi – 18 yoshgacha bo`lgan bolalar.

Qochoqlarning yarmidan ko`pi uch mamlakat Suriya, Afg`oniston va Janubiy Sudandan.

Juda ko`p rivojlangan mamlakatlar 84% qochoqlarni qabul qilayotgan bo`lsa, ayrim mamlakatlar ularni qabul qilmaslik uchun qo`lidan kelganini qiladi.

2016 yilda qochoq maqomini olish uchun ikki million ariza ro`yxatga olingan. Eng ko`p qochoqni Germaniya qabul qildi. Uning ortidan AQSh, Italiya va Turkiya.

    Boshqa yangiliklar