AsosiySport
5248

​Namanganda Odil Ahmedov futbol akademiyasi ish boshlaydi

'​Namanganda Odil Ahmedov futbol akademiyasi ish boshlaydi'ning rasmi

Namangan futbol internati va Odil Ahmedov hamkorligida, "Odil Ahmedov" futbol akademiyasi joriy o`quv yilidan o`z faoliyatini boshlaydi.

2004 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar sport kollejining, futbol bo`limiga imtihon topshiradilar. Namangada joylashgan kollej joriy yil qabuliga Odil Ahmedov bosh-qosh bo`ladi va u erga vodiyning eng iste`dodli futbolchilarini yig`ishni asosiy maqsad qilgan, deb yozadi “Championat.asia” nashri.

Tanlov ikki qismdan iborat bo`ladi. Iyul oyining boshida Namangan shahrida 2004 va 2005 yillarda tavallud topgan jamoalar o`rtasida o`rtoqlik o`yinlari tashkil qilinadi. Unda vodiydagi 20ga yaqin klub va BO`SMlar ishtirok etishlar mumkin bo`ladi. O`yinlar davomida poytaxt va vodiylik mutaxassislar tomonidan tuzilgan mutaxassislar, o`zlariga ma`qul kelgan futbolchilarni yakuniy imtihonlarga taklif etadilar. Undan muvaffaqiyatli o`tgan futbolchilar yotoq bilan ta`minlangan holda, Evropa metodikasi asosida professional futbol sir-asrorlarini o`rganadilar.

2005 yilda tavallud topgan futbolchilar esa 2019 yil uchun nazoratga olinadi va keyingi yilning iyul oyiga qadar ular doimiy kuzatuvda bo`ladilar.

Nashrning qayd etishicha, tanlov kunlari haqida tez kunda ma`lumot beriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar