Aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov yangi kinokomediyani suratga olmoqda. 
Kinokartinada bosh rollarni Bobur Yo`ldoshev, Adiz Rajabov, Rasul Karimov va Umid Hamdamovlar ijro etgan.

Filmning ishchi nomi “Muzlagan”. Unda Alisher Uzoqovni tamomila boshqa obrazda ko`ramiz. Aktyor yaratayotgan qahramon hali keksaymagan bo`lsa-da, oq sochli tarzda namoyon bo`ladi.

Film syujeti, namoyish sanasi haqidagi ma`lumotlar hozircha noma`lum.











