“O`zbekkonsert” davlat muassasasi 2017 yilning 1 iyulidan boshlab, lisenziyaga ega xonandalar uchun bir qator yangiliklarni joriy etmoqda.
Xususan, avval joriy etilgan tizim ya`ni lisenziatlarning bir yillik majburiy davlat boji bekor qilinib, endilikda lisenziya uchun to`lanadigan davlat boji kamida 3 oylik bo`ldi.
Bu bilan mavsumiy qulaylik yaratilib, bir yillik lisenziyalarni mavsum bilan bog`liq ayrim xollarda vaqtincha to`xtatib turishdek noqulayliklarni bartaraf etadi va yosh xonandalar uchun moliyaviy qulaylik yaratiladi.