AsosiyShou-biznes

​Yigitali Mamajonov to`yini xufyona o`tkazdimi?

'​Yigitali Mamajonov to`yini xufyona o`tkazdimi?'ning rasmi

Bundan bir necha kun avval aktyor va rejissyor Yigitali Mamajonovning unashtirilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Aktyor bu ma`lumotga oydinlik kiritar ekan, sevgan qizi asli chimkentlik ekanligi va uning ismi Nigina ekanligini aytib o`tdi.

Yigitali to`yi haqidagi ma`lumotlarni esa oshkor etishni istamadi. Shunchaki, to`yning O`zbekistonda bo`lmasligini aytish bilan cheklandi, xolos.

Kuni kecha aktyor Instagram`dagi sahifasiga sevgan qizi bilan tushgan yangi suratini joylashtirdi va uni “Seni sevishlari uchun sevgiga munosib bo`l! Sevgiga munosiblik esa chiroyli tashqi ko`rinish va kelishgan qomat bilan belgilanmaydi. Sen tashqi go`zallikni aql bilan uyg`unlashtiring kerak. Hammaga xayrli kech. Rafiqam bilan”,— deya izohladi.

Shuningdek, boshqa bir qator saytlarda Yigitalining rafiqasi uning yonida milliy kelinlik libosida turgani aks etgan suratlari tarqaldi. Bundan xulosa chiqarish mumkinki, Yigitali va Nigina to`ylarini xufyona ravishda, yaqinlar va do`stlar davrasida o`tkazishgan.

Yigitali Mamajonov to`yi bo`lgani haqidagi gap-so`zlarga oydinlik kiritdi

“Darakchi.uz” sayti jamoasi nomidan Yigitali va Niginaga oilaviy baxt tilaymiz!

Yigitali Mamajonov to`yi bo`lgani haqidagi gap-so`zlarga oydinlik kiritdi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar