Amerikaning Baltimor shahrida er ostidagi ulkan bug` quvuri portladi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Hodisa oqibatida besh kishi jiddiy jarohatlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan bug`lanib yotgan qaynoq suv o`n metrgacha ko`tarilganini ko`rish mumkin. Qo`shni ko`cha birpasning o`zida qaynoq suvga to`ldi. Ayni paytda voqea joyida kommunalchilar va qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Voqea sabablari o`rganilmoqda.