1

​Xoking insoniyat qachon Erni tark etib, boshqa sayyoralarga ko`chib o`tishi mumkinligini ma`lum qildi

Dunyo 22.06.2017, 10:06
​Xoking insoniyat qachon Erni tark etib, boshqa sayyoralarga ko`chib o`tishi mumkinligini ma`lum qildi

Insoniyat Erda haddan ziyod aholi ko`payishi va iqlim o`zgarishi sababli yo`q bo`lib ketishga uchramaslik uchun uni yaqin 30 yil ichida tark etishni boshlashi kerak. Bunday fikrni taniqli britaniyalik olim Stiven Xoking Norvegiyada o`tkazilgan Starmus IV fan va san`at Xalqaro san`at festivalida bildirdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Astrofizikning fikricha, Mars va Oyda mustamlakalar va u erga yangi olamni yaratishni boshlash uchun o`simliklar, hayvonlar, qo`ziqorinlar va hasharotlar namunalarini yuborish juda muhimdir. Olimning ta`kidlashicha, insoniyatning asteroid bilan to`qnashuvdan, harorat ko`tarilishi va aholining haddan ziyod ko`payishidan yo`q bo`lib ketishi faqatgina vaqt masalasidir.

"Odamlar Erni tark etishi kerakligiga ishonchim komil. Bu sayyora biz uchun juda kichiklashib ketmoqda, tabiiy zahiralarimiz falokatli sur`atlar bilan kamayib ketmoqda", deb aytdi Xoking.

Olim avval insoniyat bunday inqirozlarga duch kelganda, har doim mustamlakalashtirish mumkin bo`lgan joy bo`lganini eslatib o`tdi.

"Kolumb buni 1492 yilda yangi olamni ochib amalga oshirgan. Biroq endi yangi olam yo`q. Bizga Er torlik qilmoqda va biz keta oladigan yagona joy – boshqa sayyoralardir", deb qo`shimcha qildi olim.

Xoking o`z nutqida Erni oxir-oqibat asteroid bilan vayronkor to`qnashuv kutayotganini aytdi. "Bu ilmiy fantastika emas. Bu fizika va ehtimollik qonunlari bilan kafolatlangan", deb aytdi olim.

U, shuningdek, koinotga kirib borish nafaqat insoniyatning kelajagini jiddiy tarzda o`zgartirishini, balki bu kelajak umuman bor-yo`qligini belgilovchi omil bo`lishi mumkinligini qo`shimcha qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1