1

​Istaganingcha pul to`lash mumkin bo`lgan kafe

Dunyo 22.06.2017, 13:41
​Istaganingcha pul to`lash mumkin bo`lgan kafe

Hamma narsadan hafsalangiz pir bo`lib, dunyo tashvishlaridan charchab, qo`lingizni yuvib, qo`ltig`ingizga urishga shoshilmang. Bu dunyoda beg`araz yordam beradigan odamlar hali ham mavjud, deb yozadi Mix.tn.kz nashri.

Quyida sizni ajoyib odamlar ochgan, o`ziga xos kafe bilan tanishtiramiz.

Eat nomli kafening kirish eshigiga “Barcha-barchani taklif qilamiz!”, degan yozuv ilingan. Kafe tashkilotchilari bu bilan daromadidan qat`iy nazar har qanday odam mazkur kafeda ovqatlanish imkoniyatiga egaligiga ishora qilgan. Hamma gap shundaki, bu erda tushlik qilgan odam ovqat uchun cho`ntagi ko`targancha pul to`lashi mumkin.

Agar ovqatlangan odam pul to`lamay ketsa ham unga hech kim hech narsa demaydi. Pul haqida faqatgina menyudagi “uchta taomdan iborat tushlik va desert 15 dollar”, degan yozuv eslatib turadi.

"Agar mazkur pulni to`lash imkoniyatingiz bo`lsa, juda yaxshi. Mabodo pulingiz bo`lmasa, xafa bo`lmang, hammasi joyida. Sizgina ozgina bo`lsa ham ovqat uchun pul to`lashingiz yoki umuman to`lamasligingiz mumkin. Bu haqda hech kimga hech narsani tushuntirishingizning hojati yo`q. Faqatgina ovqatlanib bo`lgandan keyin ovqat narxini qog`ozga yozib ketsangiz, bas”, deydi kafe boshqaruvchisi va bosh oshpazi Donnel Jons-Kreyven.

Albatta, Eat cafe nimaning hisobiga ish yuritishi hammani qiziqtiradi. Qanday qilib, istagancha ovqatlanib, pul to`lamaslik mumkin, degan savol kelib chiqadi. Ovqatga istagancha pul to`lash tezda o`z samarasini ko`rsatdi. Ba`zi bir odamlar ovqatlanib bo`lgandan keyin boshqalar uchun ham 100 dollardan tashlab ketadigan bo`ldi. Shu bilan birga Eat cafe ning tekinga oziq-ovqat mahsulotlari va desert tarqatadigan hamkorlari mavjud.

“Filadelfiyaning (AQSh) har to`rtinchi aholisi o`zi xohlagancha ovqat sotib olish imkoniyatiga ega emas. Agar ko`p bolali oilalarni hisobga oladigan bo`lsak, bunday oilalarning har uchinchisining imkoniyati cheklangan. Ba`zida kafemizga ovqatlanishga kelgan odamlar pullari yo`qligini aytadi, men ularga “Hechqisi yo`q, hammasi joyida!”, deyman. Ular bu erda mazali taomlardan lazzatlanishlari va o`zlarini erkin his qilishlari lozim. Bu er biz uchun shunchaki kafe emas, balki haqiqiy ijtimoiy biznes markazidir. Bizning maqsadimiz pul topish emas, balki atrofimizdagi muhtoj odamlarga yordam berishdir”, dedi Donnel Jons-Kreyven.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1