Bugun sportchi, komsomol va go`zal ayol Natalya Varley 70 yoshga to`ldi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Natalya Varley “Viy”, “12 stul”, “Kelajakdan kelgan mehmon” filmlarida rol o`ynaganiga qaramay, Leonid Gaydayning “Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari” filmidagi ishtiroki unga haqiqiy mashhurlikni olib keldi. Mazkur film ekran yuzini ko`rgandan keyin Ninaga oshiq bo`lmagan odam qolmadi, o`sha davrning qizlari esa hamma narsada Ninaga taqlid qilishga harakat qilardi.

Mazkur filmdagi bosh rolga bir qancha aktrisalar sinovdan o`tgan edi. Yosh Natalyada esa tashqi qiyofa va aktyorlik mahoratidan tashqari sirk artistligi tajribasi bor edi. Aktrisa hamon a`lo qiyofada, u turli teleloyihalarda ishtirok etib keladi, kelajakda esa o`zining hayoti haqida kitob yozishni rejalashtirgan. Mashhur aktrisani Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham tug`ilgan kuni bilan tabrikladi.






