​Tez tibbiy yordam yiliga 7 milliondan ortiq chaqiriqlarga xizmat ko`rsatadi

Jamiyat 22.06.2017, 15:15
Teglar: Tibbiyot
​Tez tibbiy yordam yiliga 7 milliondan ortiq chaqiriqlarga xizmat ko`rsatadi

Joriy yilning 22 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan “Shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimi: dolzarb masalalar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir mamlakatimizda shoshilinch va tez tibbiy yordam sohasida qabul qilinayotgan me`yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini chuqurroq o`rganish, yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklardan aholini yaqindan tanishtirish hamda tizim oldida turgan vazifalar va istiqboldagi rejalarni muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Shoshilinch tibbiy yordam tizimida yiliga 600 ming nafardan ziyod bemorga yuqori malakali stasionar va 1 million nafardan ortiq bemorga ambulator yordam hamda 7 milliondan ziyod chaqiriqlar bo`yicha xizmat ko`rsatilmoqda.

Shoshilinch holatlarda bemorga yordam ko`rsatish uchun zarur vositalarga ega bo`lgan shoshilinch yordam brigalari zudlik bilan etib borishi muhimdir. Shundan kelib chiqib, yil oxirigacha 1200 ta tez tibbiy yordamga ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasi sotib olinishi rejalashtirilgan bo`lsa, shu kunlarda zarur vositalar bilan jihozlangan 200 ga yaqin tez tibbiy yordam avtomashinalari xarid qilinib, ehtiyoj baland bo`lgan hududlarga etkazib berildi.

Shuningdek, Sog`liqni saqlash vazirining joriy yil 13 fevraldagi “Tez tibbiy yordam avtotransportlarining ixtisoslashtirilgan va umumtarmoq brigadalarini, tez tibbiy yordam xizmati chaqiriqlarida ko`rsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun zarur bo`ladigan dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlash normativlarini tasdiqlash haqida”gi buyrug`iga ko`ra, tez tibbiy yordam xizmatining bitta maxsus brigadasida 41 nomdagi, umumtarmoq brigadasida esa 36 nomdagi dori vositalari bo`lishi belgilandi va ular bilan ta`minlash ishlari jadallik bilan olib borilayotir.

Bundan tashqari, shoshilinch holatlarda tibbiy yordam brigadasi ishini tashkillashtiruvchi asosiy bo`g`in — tez yordam xizmati dispetcherlari qayta o`qitilib, ularga nisbatan talablar ham oshirildi. Endi dispetcherlarning kasbiy mahorati va malakasini mustahkamlash uchun ular qayta o`qitiladi. Chunki bugungi kun dispetcherining vazifasi faqat murojaatni yozib olib, uni kerakli mutaxassisga etkazish emas, zarur holatda u murojaat qiluvchiga tez tibbiy yordam brigadalari etib borguniga qadar ko`rsatilishi lozim bo`lgan birinchi tibbiy yordam bo`yicha maslahatlar bera olishi ham kerak.

Tadbir davomida mazkur tizimning bugungi holati, tez tibbiy yordam xizmatining sifat va samaradorligini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ko`lamini kengaytirish hamda bu borada xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish bo`yicha Prezidentimiz tomonidan belgilangan aniq vazifalar ijrosi haqida ham so`z yuritildi.

Sharhlar

Namanganda rossiyalik olim “Temir daftar”ga kiritilgan bemorlarni bepul davolamoqda

04.06.2021, 17:58

Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridagi  I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-sharqiy davlat tibbiyot universiteti klinikasi endovaskulyar xirurgiya bo`limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Kaledin tomonidan 2016 yilda bemorning...
Namanganda senator tashabbusi bilan noyob jarrohlik amaliyoti o`tkazildi

29.03.2021, 18:15

Kecha, 28 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Nosirbek Abdullaxanov tashabbusi bilan Namangan viloyatida ilk marotaba...
Yangi tibbiyot instituti tashkil etiladi

09.11.2019, 23:59

Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpoq tibbiyot institutini tashkil etish to`g`risidagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.Unga ko`ra, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpoq tibbiyot instituti tashkil etiladi.Loyihada...
Toshkentda 25 yoshli yigit o`zini osdi

11.07.2017, 21:10

Toshkentning Shayxontohur tumanida 8 iyul kuni 25 yoshli yigit o`z joniga qasd qildi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.Tergov ma`lumotlariga ko`ra, 1992 yilda tug`ilgan yigit balkonda...