Angliyaning “Liverpul” klubi “Roma” yarim himoyachisi Muhammad Salohni sotib olganini rasman e`lon qildi. 25 yoshli futbolchi “qizillar” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Ma`lumotlarga ko`ra, misrlik futbolchining transferi bonuslar bilan 45 mln evroni tashkil etgan. Uning “Liverpul”da oladigan maoshi esa yiliga 5,5 mln evroga teng bo`ladi. Futbolchi yangi jamoasi safida 11-raqamda to`p suradi.
Ma`lumot uchun, Muhammad Saloh “Roma”dagi faoliyati davomida jamoa safida jami 83 ta o`yin o`tkazdi va 34 ta gol kiritib, 24 ta golga assistentlik qilishga erishdi.